thegamers.uz Instagram

thegamers.uz haqida

Biz Instagram’dagi @thegamers.uz kanalimiz: Counter-Strike 1.6, kompyuter klublari va 2000-yillar oʻyinlari haqida qisqa videolar chiqaramiz. Bu sayt — oʻsha videolarning batafsil, raqamlar va manbalar bilan yozilgan matnlari.

Raqamlarni qayerdan olamiz

Klubda hamma bilgan gaplar koʻpincha notoʻgʻri chiqadi. Shuning uchun har bir mavzuni uch yoʻl bilan tekshiramiz:

  • Oʻyin kodi. ReGameDLL — Counter-Strike 1.6 oʻyin mantigʻining ochiq kodi: zarar, tezlik, pul va boshqa qiymatlar shu yerda yozilgan.
  • Test server. ReHLDS serverida maxsus AMX Mod X plaginlari bilan otamiz, yuguramiz, granata tashlaymiz va natijani yozib olamiz.
  • Oʻyin fayllari. cstrike_english.txt, xaritalarning .bsp va .wad fayllari, missiya tavsiflari — xaritalar tarixi shulardan va mualliflarning oʻz soʻzlaridan yoziladi.

Oʻlchab boʻlmagan narsani tasdiqlamaymiz va maqolada shunday deb yozamiz.

Biz bilan aloqa

Savol, xato yoki yangi mavzu taklifi boʻlsa — Instagram Direct’ga yozing. Koʻp mavzular obunachilar savolidan boshlangan.

Doʻstlar bilan oʻynash uchun shaxsiy server kerak boʻlsa — CS 1.6 server arenda sahifasini koʻring.