Counter-Strike 1.6 server arenda
Doʻstlar bilan klubdagidek oʻynash uchun shaxsiy CS 1.6 server — soatbay ijaraga. Server faqat sizniki: parol, xarita, botlar va oʻyin sozlamalari Telegram bot orqali boshqariladi.
- Shaxsiy server. Arenda vaqtida serverda faqat siz va doʻstlaringiz oʻynaysiz.
- Parol. Server parol bilan yopiladi, parolni oʻzingiz almashtirasiz.
- Xarita tanlash. Xaritani bot orqali istalgan payt almashtirasiz.
- Botlar. YaPB botlari: qoʻshish, olib tashlash, qiyinlik.
- Kick va ban. Keraksiz oʻyinchini serverdan chiqarib yuborish.
- Oʻyin sozlamalari. Raund vaqti, boshlangʻich pul, raundlar soni, doʻstga zarar (friendly fire), gravitatsiya — bot menyusida.
Server ReHLDS, Metamod va AMX Mod X asosida ishlaydi — bu Counter-Strike 1.6 serverlari uchun eng koʻp ishlatiladigan toʻplam.
- Instagram Direct’ga yozing: qaysi kun, necha soat va necha kishi oʻynaysiz.
- Narx va vaqtni kelishib olamiz.
- Belgilangan vaqtda Telegram bot server manzili va parolini yuboradi.
- Oʻyin davomida
/menuorqali xarita, botlar, parol va sozlamalarni boshqarasiz. - Tugashiga 10 va 2 daqiqa qolganda bot ogohlantiradi, keyin server standart holatga qaytadi.
Narxi qancha?
Narx muddatga va vaqtga bogʻliq. Qaysi kun, necha soat va necha kishi oʻynashingizni Instagram Direct’ga yozing — narxni va boʻsh vaqtni aytamiz.
Xaritani oʻzim tanlay olamanmi?
Ha. Arenda davomida Telegram bot orqali xaritani istalgan payt almashtirasiz: de_dust2, de_inferno, de_nuke, cs_office va serverdagi boshqa xaritalar.
Serverga begonalar kirib qolmaydimi?
Serverga parol qoʻyiladi. Parolni faqat siz bilasiz va xohlasangiz bot orqali almashtirasiz. Kerak boʻlsa, oʻyinchini kick yoki ban qilish ham botda bor.
Doʻstlar kam boʻlsa-chi?
Serverda YaPB botlari bor: bot orqali qoʻshasiz yoki olib tashlaysiz. Ular bilan bir jamoada yoki ularga qarshi oʻynash mumkin.
Muddat tugasa nima boʻladi?
Tugashidan 10 va 2 daqiqa oldin bot ogohlantiradi. Muddat tugagach server standart sozlamalarga qaytadi — keyingi oʻyinga yangi holatda tayyor boʻladi.